Honor Play11 Pro: 7000 mAch batareya va 1,5K ekran bilan taqdim etildi

Honor kompaniyasi Xitoy bozorida 7000 mAch batareya va 1,5K ekranli Honor Play11 Pro smartfoni uchun dastlabki buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Hozircha xaridorlarga 8 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega yagona konfiguratsiya 2100 yuan, yaʼni taxminan 300 AQSh dollaridan biroz qimmatroq narxda taklif etilmoqda.
Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, Honor kompaniyasi Xitoy bozorida oʻzining yangi — Honor Play11 Pro smartfoni uchun dastlabki buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Hozircha xaridorlarga 8 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega yagona konfiguratsiya 2100 yuan, yaʼni taxminan 300 AQSh dollaridan biroz qimmatroq narxda taklif etilmoqda. Yangi gadjet uchta jozibali rangda sotuvga chiqarilgan: kumushrang, tillarang va qora. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Smartfon zamonaviy va mustahkam dizayni bilan ajralib turadi. Xususan, qurilma metall yon ramka bilan jihozlangan boʻlib, uning korpusi IP66 darajasidagi standart asosida chang va namlikdan ishonchli himoya qilingan. Bu esa kundalik foydalanishda qoʻshimcha xavfsizlikni taʼminlaydi.
Displey imkoniyatlari va koʻzni himoya qilish texnologiyasi
Modelning old qismi yuqori sifatli OLED ekran bilan qoplangan boʻlib, uning diagonali 6,6 dyuymni tashkil etadi. Displey 1,5K yuqori aniqlikni, 120 Hz chastotani va naq 6500 nit boʻlgan eng yuqori yorqinlik darajasini qoʻllab-quvvatlaydi. Taʼkidlash joizki, ekran old panelning salkam 95 foizini egallaydi.Ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilarning koʻz salomatligiga ham alohida eʼtibor qaratishgan. Xususan, displey chastotasi 3840 Hz boʻlgan yuqori chastotali ShIM-regulirovka (PWM dimming) texnologiyasiga ega boʻlib, bu koʻzning charchashini sezilarli darajada kamaytiradigan nemercayushiy (miltillamaydigan) ekranni taʼminlaydi.
Batareya quvvati va texnik koʻrsatkichlar
Gajetning eng asosiy ustunliklaridan biri bu uning akkumulyatoridir. Honor Play11 Pro 7000 mAch sigʻimli ulkan batareya bilan taʼminlangan boʻlib, u 45 W quvvat olish tezligini qoʻllab-quvvatlaydi. Shunga qaramay, injenerlar batareya sigʻimi katta boʻlishiga qarammay, korpus qalinligini atigi 7,34 mm, ogʻirligini esa 185 gramm darajasida saqlab qolishga muvaffaq boʻlishgan.Akkumulyator va dizayn uygʻunligi:
- 7000 mAch sigʻimli akkumulyator
- Atigi 7,34 mm qalinlikdagi yupqa korpus
- Cariyligi 185 gramm boʻlgan yengil vazn
- 45 W quvvatlash quvvati






























Izohlar 0
…