17:30 / 30.12.2016
6 236

LG Tone Studio va Tone Free nomli simsiz garnituralarni taqdim qiladi

LG Tone Studio va Tone Free nomli simsiz garnituralarni taqdim qiladi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi keyingi oyning boshida Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida Tone Studio va Tone Free nomli simsiz garnituralarni namoyish qiladi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

LG Tone Studio garniturasi qamrovli ovoz effektini hosil qiladigan to‘rtta dinamik bilan jihozlanadi. Ushbu model DTS kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, sifatli ijro xususiyati bilan ajralib turadi.

LG Tone Free esa kompaniyaning ilk simsiz garniturasi hisoblanadi, naushniklar maxsus aksessuar orqali zaryadlanadi. Bo‘yinga taqiladigan ushbu aksessuar kirish qo‘ng‘iroqlari va xabarlar kelganda vibrasiyalaydi. Tone Free ovozli buyruqlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bulardan tashqari, JBL bilan birgalikda ishlangan Tone Infinim va Tone Ultra garnituralari ham namoyish etilishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG Tone Studio va Tone Free nomli simsiz garnituralarni taqdim qiladi