
Facebook tarkibiga kiruvchi Oculus kompaniyasi ko‘z nigohnini kuzatadigan texnologiyani ishlab chiqayotgan The Eye Tribe startapini o‘z tasarrufiga o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.
Bunday texnologiyadan Oculus yangi avloddagi virtuallik reallik garnituralarida foydalanishi taxmin qilinmoqda. The Eye Tribe startapiga tegishli nigohni kuzatadigan funksiyalar kelajakda kompyuterga ulanmasdan ishlaydigan VR garnituralarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, virtual reallik gadjetlarining ommalashuviga xizmat qiladi.
Hozircha kelishuvning qiymati ma’lum qilinmagan. Biroq shu narsa aniqki, Facebook uchun startapni harid qilish qimmatga tushmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar