16:12 / 31.01.2017
6 679

Toshkentning butun hududi Beeline‘ning 4G qoplami bilan ta’minlandi

Toshkentning butun hududi Beeline‘ning 4G qoplami bilan ta’minlandi

Beeline 4G to‘rtinchi avlod tarmog‘i bilan poytaxt hududi butunlay qamrab olingani haqida e’lon qiladi. Endi Beeline‘ning internet-xizmatlari 4G yuqori tezliklarida butun Toshkent bo‘ylab mavjud.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Abonentlar mobil Internetdan kutgan barcha imkoniyatlar: ketma-ket HD video, sevimli film va musiqalar – bularning hammasi bir tugmani bosish bilan namoyon bo‘ladi. Videostriming va “og‘ir” fayllarni yuklab olishni hush ko‘ruvchilar uchun 4G hajmli paketlari joriy etildi”.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning oktyabr oyida “Potrebitel.UZ” uyushmasi mobil operatorlarning eng hammabop internet-takliflari bo‘yicha mustaqil tadqiqiot o‘tkazgan edi. Uning natijalari bo‘yicha 1 Megabayt trafik uchun $0,001 narxidan boshlangan “4G Oy 30 000” va “4G Oy 60 000” paketlari eng arzon paketlar deb tan olingan edi: https://potrebiteli.uz/potrebiteli/terraprofi/detail.php?ID=24574

LTE zamonaviy tarmog‘ining barcha avzalliklarini to‘liq his etish uchun bor yo‘g‘i Beeline‘ning istalgan rasmiy ofislaridan birida eski SIM-kartani yangi uslubda joriy etilgan va yangi texnologiyada ishlaydigan USIM kartasiga almashtirish kifoya.

Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://beeline.uz/medias/sys_uz/h50/h9a/8805407326238.pdf

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentning butun hududi Beeline‘ning 4G qoplami bilan ta’minlandi