15:51 / 06.02.2017
8 160

APK fayllarini Google Play’dan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib cheklovlarsiz ko‘chirib usuli

APK fayllarini Google Play’dan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib cheklovlarsiz ko‘chirib usuli

Google Play dasturlar katalogida Android tizimida ishlovchi qurilmalarga mo‘ljallangan minglab ilovalar mavjud. Ammo ulardan ayrimlarini turli sabablarga ko‘ra qurilmangizga ko‘chirib ola bilmasligingiz mumkin. Shunda quyidagi usul sizga qo‘l kelishi aniq. Zero, bunda dasturni mutlaqo bepul tarzda, Google Play’da ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, hatto Google akkauntingiz bo‘lmasa ham ko‘chirib olish imkoni bor! - deb yozadi Terabayt nashri.

Avvalo, aniqlik kiritsak: xo‘sh, qanday holatlarda dasturlarni smartfonga yuklash imkoni bo‘lmasligi mumkin? Buning sabablari odatda quyidagilardan biri bo‘ladi: hududiy cheklov, ilovaning aynan sizning gadjetingiz modeliga muvofiq kelmasligi, ba’zan esa Google servislaridan foydalanmasligingiz va hokazo. Masalan, smartfoniga mashhur CyanogenMod proshivkasini o‘rnatib ko‘rganlar ham bilishadi – unda shunchaki Google Play yo‘q.

Mana shunday hollarda o‘zingizga kerakli ilovaning APK ko‘rinishidagi – o‘rnatiladigan faylini kompyuteringizga ko‘chirib olish usuli qo‘l keladi. Buning uchun dastlab o‘sha ilovaning sahifasini kompyuteringizdagi brauzerda ochasiz, keyin esa uning manzilidagi play.google.com qismini apk-dl.com shaklida o‘zgartirib, Enter tugmachasini bosasiz.

Shunda siz o‘sha dasturning o‘rnatiladigan faylini ko‘chirib olish sahifasiga o‘tasiz. Buyog‘i osongina – Download APK File tugmachasini bosib, uni saqlash joyini ko‘rsatsangiz bas – ilova fayli kompyuteringizga ko‘chirib olinadi. Keyin esa uni o‘zingizga qulay usulda mobil qurilmangizga o‘tkazib olib, o‘rnatishingiz mumkin bo‘ladi. Shu usul bilan siz har qanday taqiqlarni aylanib o‘tib, kerakli APK-fayllarni ko‘chirib olish imkoniga egasiz.

Bundan tashqari, apk-dl.com servisining qidiruv funksiyasidan foydalangan holda, Google Play’ga o‘tmasdan turib ham o‘zingizga kerakli dasturlarni undan izlashingiz mumkin. Mazkur usullardan mobil qurilmangizdagi brauzer orqali foydalansangiz, ilova faylini biryo‘la gadjetingizning o‘ziga ko‘chirib olsangiz ham bo‘ladi – hech qanaqa kompyuter ham kerak emas.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, apk-dl.com servisi yordamida dasturlarni ko‘chirib olishning elektron qaroqchilikka yoki serverlarni buzib kirishga umuman aloqasi yo‘q. Shu sababli, bunday yo‘l bilan pulli ilovalarni ko‘chirib olish yoki ilovalar ichidagi qandaydir cheklovlarni aylanib o‘tishning umuman iloji yo‘q. Bu shunchaki, sizning Google Play katalogingizda ko‘chirib olish imkoni bo‘lmagan APK-fayllarni ko‘chirishning bir usali, shuningdek, o‘z qurilmasida Google servislarini ishlatmaydigan foydalanuvchilar uchun bir chora, xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » APK fayllarini Google Play’dan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib cheklovlarsiz ko‘chirib usuli