18:17 / 06.02.2017
6 634

Odnoklassniki o‘z foydalanuvchilari uchun Firefox brauzerining maxsus talqini yaratdi

Odnoklassniki o‘z foydalanuvchilari uchun Firefox brauzerining maxsus talqini yaratdi

Odnoklassniki va Mozilla desktop uchun Firefox brauzerining maxsus ko‘rinishini taqdim etdilar. Brauzer ijtimoiy tarmoqning asosiy funksialariga tez va qulay foydalanish imkonini beradi.

Brauzerning sahifasidagi standart oynasi vidjetlar va maxsus sahifalarga almashtirilgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Odnoklassnikining onlayn o‘yinlari vidjetini, aloqa uchun esa akkaunt va sovg‘alar vidjetlarini o‘rnatishlari mumkin. Brauzer sahifalarida Odnoklassnikining ommabop bo‘limlariga havolalar qo‘shilgan. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqqa kirgan foydalanuvchilar tezkorlik bilan, ya’ni tugmani bir bora bosish orqali kontent (ma’lumotrlar) bilan bo‘lishishlari mumkin.

Anastasiya Jbanova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i matbuot-xizmati rahbari:
«Biz uchun foydalanuchilarning navigasiyadan oson va qulay foydalanishini ta’minlash muximdir. Firefox brauzerining maxsus talqini tufayli Odnoklassnikining eng muhim bo‘limlari doimo foydalanuvchilar qo‘l ostida bo‘ladi».

Syuzan Chen, Mozilla kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha vise-prezidenti:
«Biz Firefox brauzerining maxsus talqinini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan xursandmiz. Endi ijtimoiy tarmoqning asosiy funksiyalaridan yanada qulayroq va tezkorroq foydalanish mumkin bo‘ladi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki o‘z foydalanuvchilari uchun Firefox brauzerining maxsus talqini yaratdi