2016 yilning to‘rtinchi choragida kiberhujumlar eng ko‘p AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya hududidan amalga oshirilgan. Akamai internet-kompaniyasi olib borgan tadqiqotlar shunday natija ko‘rsatdi. Bu haqda RIA "Novosti"ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
2016 yilning oxirgi choragida kiberhujumlar umumiy sonining kamayishi fonida DDoS-hujumlar amalga oshirilgan IP-manzillar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
"DDoS-hujumlar amalga oshirilgan asosiy mamlakatlar AQSh (24 foiz), Buyuk Britaniya (10 foiz) va Germaniya (7 foiz) hisoblanadi", - deyiladi hisobotda. To‘rtinchi o‘rinda - Xitoy (6,2 foiz), beshinchi o‘rinda esa Rossiya (4,4 foiz) qayd etilgan.
Tadqiqotda 2016 yilning ilk uch choragi statistikasi ham keltirilgan. Unda birinchi o‘rinni Xitoy, ikkinchi o‘rinni AQSh va uchinchi o‘rinni Turkiya, Tayvan hamda Buyuk Britaniya egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi