
AQShning T-Mobile mobil operatori raqibi Verizon mijozlariga o‘zining ONE tarif rejasiga o‘tgan taqdirlarida iPhone 7 taqdim etishni va’da qilmoqda. Bu haqda «Kommersant’»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.
Mashable nashriga ko‘ra, 100 dollar miqdoridagi qo‘shimcha to‘lov evaziga foydalanuvchilar iPhone 7 Plus smartfoniga ega bo‘lishi mumkin. Xabarda taqdim etiladigan gadjetlarning xotira hajmiga aniqlik kiritilmagan.
Shu bilan birga, aksiyaning bir qator cheklovlari ham mavjud. Birinchidan, smartfonni faqat trade-in (eski mahsulotni yangisiga qo‘shimcha to‘lov evaziga almashtirish) tizimida, shunday xizmatni taqdim etadigan T-Mobile do‘konlarida olish mumkin.
Qolaversa, almashuvda faqat iPhone 6 va undan yangi modellar, shuningdek, Samsung Galaxy 7 hamda Samsung Galaxy 7 Edge ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar