date

Yuridik shaxslarga dronlar endi rasman ruxsat beriladimi?

Yuridik shaxslarga dronlar endi rasman ruxsat beriladimi?

2026 yildan O‘zbekistonda korxonalar uchun dronlar bilan ishlash ancha “ochiq rejim”ga o‘tishi kutilmoqda. 2026 davlat dasturi bo‘yicha qabul qilingan prezident farmoni doirasida fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish uskunalaridan foydalanish tartibi liberallashtiriladi.

Eng katta o‘zgarish — yuridik shaxslarga dronlarni import qilish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish huquqi berilishi. Dronlar, ehtiyot qismlar, sotuv va servis xizmatlari ham tizimli yo‘lga qo‘yiladi, lekin hammasi litsenziya va sertifikatlar asosida bo‘ladi — ya’ni “olib keldim, uchirdim” emas, qoidasi bilan.

Xavfsizlik tomoni ham unutilmaydi: mamlakat havo hududi “yashil”, “sariq”, “qizil” zonalarga ajratilib, qayerda va qanday sharoitda uchirish mumkinligi aniq belgilanishi rejalashtirilgan. Parvozlarni kuzatish va nazorat qilish uchun yagona avtomatlashtirilgan raqamli infratuzilma ham joriy etiladi.

Shu bilan birga, dron operatorlari uchun o‘qitish va maxsus guvohnoma/litsenziya berish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalishda Mudofaa, Transport va Raqamli texnologiyalar vazirliklari hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga 2026 yil iyunigacha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgani aytiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yuridik shaxslarga dronlar endi rasman ruxsat beriladimi?