
Janubiy Koreya internetga ulanish tezligi bo‘yicha reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Kompaniya tadqiqotda 2016 yilning to‘rtinchi choragidagi vaziyat bilan bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qildi. Dunyo bo‘yicha internetga ulanishning o‘rtacha tezligi sekundiga 7 Mbitni tashkil etdi. Bu undan avvalgi chorakdan 26 foizga ortiqdir. Janubiy Koreyada esa o‘rtacha tezlik sekundiga 26,1 Mbitni tashkil etdi.
Reytingning ikkinchi o‘rnidan 23,6 Mbit/s ko‘rsatkich bilan Norvegiya joy oldi. Undan keyingi o‘rinlarni Shvesiya (22,8 Mbit/s), Gonkong (21,9) va Shveysariya (21,2) egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar