13:23 / 24.03.2017
5 795

Apple va Microsoft kompyuterlari Word hujjatlari orqali buzib kirildi

Apple va Microsoft kompyuterlari Word hujjatlari orqali buzib kirildi
Fortinet kompaniyasi ekspertlari Microsoft Word hujjatlarida Windows va macOS operasion tizimlariga hujum qilish imkonini beruvchi zararli makrosni aniqlashdi. Mutaxassislar mazkur mexanizm haqida o‘z saytlarida ma’lum qilishdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Manbaga ko‘ra, makros Python tilida yozilgan skriptga ega. U kompyuterning operasion tizimini aniqlaydi, keyin esa ziyon etkazuvchi ilovaning ikki versiyasidan birini zararli serverlardan yuklaydi. Mutaxassislar xakerlik dasturining maqsadiga oydinlik kirita olishmadi, chunki uni boshqaruvchi server o‘chirilgan edi.

20 mart, dushanba kuni Pwn2Own 2017 xakerlar musobaqasi ishtirokchilari yuzlab tomoshabinlarning ko‘z oldida Microsoft Windows va Apple MacOS operasion tizimlarini buzib kirishdi.

MacOS tizimi yadroda bo‘shliqni aniqlab, maxfiy ma’lumotga kirish imkoniga ega bo‘lgan Qihoo360 jamoasi tomonidan buzib kirildi. Windows operasion tizimi esa 360 Security va Team Sniper jamoalari mutaxassislari buzib kirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple va Microsoft kompyuterlari Word hujjatlari orqali buzib kirildi