Apple M5 Max va Snapdragon X2 Extreme kuch sinashmoqda

Texnologiya olamida kutilgan yangi avlod protsessorlari o'z imkoniyatlarini namoyish etishni boshladi. Geekbench platformasida Apple M5 Max hamda Qualcomm Snapdragon X2 Extreme chiplarining dastlabki test natijalari paydo bo'ldi. Har ikki platforma ham o'z sinfida yuqori samaradorlik ko'rsatib, foydalanuvchilar va ekspertlar e'tiborini tortdi. Bu haqda rozetked.me xabar beradi.

Xususan, Apple kompaniyasining yangi M5 Max chipi grafik imkoniyatlar bo'yicha o'zidan oldingi M4 Max modelini ortda qoldirdi. Metal grafik testida M5 Max 219 mingdan 233 ming ballgacha natija qayd etgan bo'lsa, M4 Max modeli taxminan 190 ming ball to'plagan edi. Bu ko'rsatkich Apple o'z chiplarining grafik unumdorligini sezilarli darajada oshirganidan dalolat beradi.
Snapdragon X2 Extreme platformasi ham raqobatdan qolishmayapti. Qualcomm kompaniyasi ushbu protsessor orqali noutbuklar bozorida o'z mavqeini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan. Hozircha har ikki chipning yakuniy versiyalari qanday ishlashi va real foydalanish jarayonida qaysi biri ustunlik qilishi qiziqish uyg'otmoqda. Mutaxassislar ushbu ikki gigant o'rtasidagi poyga kelgusi yilda kompyuterlar bozoridagi raqobatni yangi bosqichga olib chiqishini bashorat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!