date

Texnogigantlar 2026-yilda sun'iy intellektga 725 mlrd dollar sarflaydi

Texnogigantlar 2026-yilda sun'iy intellektga 725 mlrd dollar sarflaydi

Dunyoning eng yirik texnologiya kompaniyalari o'z rejalarini qayta ko'rib chiqib, sun'iy intellekt (SI) sohasiga yo'naltiriladigan mablag'lar miqdorini sezilarli darajada oshirdi. Financial Times nashri ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yilda "Amazon", "Meta", "Microsoft" va "Alphabet" kompaniyalarining umumiy investitsiyalari 725 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu ko'rsatkich 2025 yildagi rekord hisoblangan 410 mlrd dollardan 77 foizga ko'pdir. Xarajatlarning bunday keskin o'sishiga SI xizmatlarining jadal kengayishi va ma'lumotlar markazlari infratuzilmasini rivojlantirishga bo'lgan ehtiyoj asosiy sabab bo'lmoqda.

Investorlarning bunday yirik xarajatlar borasidagi shubhalariga qaramay, kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari SI bumu bilan bog'liq daromad va foyda o'sayotganini ko'rsatmoqda. Hisoblash quvvatlariga bo'lgan talab tezlashishda davom etmoqda, bu esa yuqori kapital xarajatlarni yangi daromad oqimlari hisobiga qoplash imkonini beradi.

"Jefferies" tahlilchisi Brent Tillning so'zlariga ko'ra, SI iqtisodiyoti barqarorlikni saqlab qolmoqda. Yirik kompaniyalar o'z balansiga jiddiy bosim o'tkazmasdan kengayishni moliyalashtirish qobiliyatiga ega.

Ekspert texnologik kompaniyalar aktivlari narxi tushishi haqidagi pessimistik prognozlarni asossiz deb atadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Texnogigantlar 2026-yilda sun'iy intellektga 725 mlrd dollar sarflaydi