Apple Mac mini va Mac Studio kompyuterlari tanqisligini e'lon qildi

Apple kompaniyasi Mac mini va Mac Studio kompyuterlari bir necha oy davomida tanqislikda bo'lishini e'lon qildi. Bosh direktor Tim Kuk, ushbu qurilmalarga talabning keskin oshgani sababli, taklif va talab muvozanatini tiklash uchun vaqt kerakligini ta'kidladi. Shuningdek, Mac Studio 512 GB tezkor xotira modelining sotuvini to'liq to'xtatdi va ba'zi modellarga buyurtmalar qabul qilinmayapti.
"Apple" kompaniyasi "Mac Studio" va "Mac mini" kompyuterlari bir necha oy davomida taqchillikda bo'lishini ma'lum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya bosh direktori Tim Kuk ushbu qurilmalarga talab va taklif muvozanatini tiklash uchun bir necha oy kerak bo'lishini ta'kidladi.
Kukning so'zlariga ko'ra, xaridorlar sun'iy intellekt vositalari uchun ushbu platformalarning afzalliklarini kutilganidan tezroq anglab yetgan. Shu sababli kompyuterlarga talab keskin oshib ketgan.
So'nggi oylarda "Mac mini" va "Mac Studio" yetkazib berishda kechikishlar ko'paydi. Ayrim modellarni kutish vaqti bir necha oygacha cho'zilmoqda.
"Apple" 512 GB tezkor xotiraga ega "Mac Studio" sotuvini to'liq to'xtatdi. Shuningdek, katta hajmdagi xotiraga ega ba'zi modellar uchun buyurtmalar qabul qilinmayapti.
O'tgan haftada "Apple" onlayn do'konida "Mac mini"ning tayanch modeli zaxirada yo'qligi sababli sotuvdan olindi.






























Izohlar 0
…