18:00 / 12.04.2017
8 509

Hayot uchun 4G: 2017 yilda Beeline O‘zbekistonning yana 20 shahrida LTE tarmog‘ini kengaytiradi

Hayot uchun 4G: 2017 yilda Beeline O‘zbekistonning yana 20 shahrida LTE tarmog‘ini kengaytiradi
Beeline «Hayot uchun 4G» dasturining ishga tushirilishi haqida e’lon qiladi. Endi mutlaqo bepul 4G kompaniyaning har bir tarifida mavjud.

Voqeani sharhlar ekan Unitel MChJ tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Bizning falsafamiz oddiy: «Hayot uchun 4G». Bu degani Beeline abonentlari uchun 4G premium-xizmat bo‘lishdan chiqib, har kunlik Internetga aylanmoqda. Va bu shunchaki so‘zlar emas: dastur doirasida barcha mavjud bo‘lgan tarif rejalariga misli ko‘rilmagan bonuslar qatori joriy qilingan”.

Albatta, shunday ommaviy loyihani infrastrukturaga yo‘llangan yirik sarmoyalarsiz amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Avval xabar berilganidek, 2016 yilda O‘zbekistondagi Beeline‘ning kapital harajatlari 533 milliard so‘mni tashkil etgan, va shu mablag‘ning deyarli asosiy qismi aynan LTE tarmog‘ini Toshkent shahrida kengaytirishga sarflangan.

“Yangi baza stansiyalarining qurilishi transport tarmog‘ini modernizasiya qilinishisiz, shuningdek tashqi internet-kanalining sezilarli darajada kengaytirilishisiz ko‘p natija bermaydi, – deydi Unitel‘ning texnik direktori Evgeniy Klyuchev. – Bugungi kunda biz ijaraga olayotgan xalqato kanal 8 Gbit/s tashkil etadi, va bu respublika aloqa operatorlari tarafidan chop etilgan eng katta ko‘rsatgich. Joriy yilning yakuniga qadar O‘zbekiston hududlarida 4G tarmog‘ini kengaytirish doirasida mazkur ko‘rsatgich yanada yuqoriga oshadi”.

Beeline‘ning texnik bo‘limi respublikaning 20ta shahrida 4G tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan: yilning so‘ngiga qadar yuqori tezlikdagi Internetning barcha imkoniyatlaridan Angren, Andijon, Bekobod, Buxoro, G‘ijduvon, Guliston, Jizzax, Zarafshon, Qarshi, Qo‘qon, Marg‘ilon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Farg‘ona, Xiva va Chirchiq shaharlari aholisi foydalanishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hayot uchun 4G: 2017 yilda Beeline O‘zbekistonning yana 20 shahrida LTE tarmog‘ini kengaytiradi