date

Rossiyada fuqarolik obyektlarini dronlardan himoya qiluvchi lazer majmuasi taqdim etildi

Rossiyada fuqarolik obyektlarini dronlardan himoya qiluvchi lazer majmuasi taqdim etildi

Rossiyaning CIPR-2026 ko‘rgazmasida "Inferit Bezopasnost" kompaniyasi uchuvchisiz uchish apparatlariga (UUA) qarshi kurashishga mo‘ljallangan yangi lazer majmuasini namoyish etdi. Mazkur tizim sanoat korxonalari, muhim infratuzilma obyektlari va boshqa fuqarolik hududlarini dronlar hujumidan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Majmua tarkibiga 3 kW quvvatga ega lazer moduli, radar, teplovizor, videokuzatuv tizimi, lazerli masofa o‘lchagich va lidar kompleksi kiradi. Tizimni boshqarish sun’iy intellektga asoslangan maxsus dasturiy ta’minot orqali amalga oshiriladi, u nishonlarni avtomatik tarzda aniqlash va kuzatish imkoniga ega.

Lazer moduli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish zonasida, 1000 metrgacha bo‘lgan masofada dronlarga ta’sir o‘tkazadi. Qurilma nishonni vaqtinchalik ko‘r qilish yoki issiqlik ta’siri orqali jismonan ishdan chiqarish funksiyasiga ega. Tizimning nishonga tegish aniqligi 90 foizdan yuqorini tashkil etadi.

Texnik xususiyatlariga ko‘ra, majmua 100 soniya davomida uzluksiz ishlash qobiliyatiga ega. Har bir nishonni zararsizlantirish uchun o‘rtacha 3 soniyadan 5 soniyagacha vaqt sarflanadi, bu esa uni yuqori samarali himoya vositasiga aylantiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyada fuqarolik obyektlarini dronlardan himoya qiluvchi lazer majmuasi taqdim etildi