Qarzdorlik oldindan to‘lab berildi

Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor B.X.dan undiruvchi Z.X. foydasiga voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor otaning chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan. Biroq qarzdor ishlash maqsadida chetga chiqmoqchi ekanligini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.
Qarzdorga ijro hujjatida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi tushuntririlgan.
Natijada qarzdor ota davlat ijrochisi tomonidan hisoblab berilgan besh yillik, 120 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berganligi bois, uning chetga chiqishiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…