5 326
Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoq orqali translyasiya qilingan qotillikni «mudhish jinoyat» deb atadi
Facebook kompaniyasi AQShda sodir etilgan va ushbu ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyasiya qilingan qotillikni «mudhish jinoyat» deb atadi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
«Biz Facebook’da xavfsiz muhitni ta’minlash ustida qattiq ishlamoqdamiz, jismoniy xavfsizlikka bevosita tahdidlar mavjud bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda huquq-tartibot organlari bilan aloqada bo‘lib turamiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Amerikaning Ogayo shtati Klivlend shahri polisiyasi Facebook orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya chog‘ida bir kishini qatl etgan erkakni qidirayotgani xabar berilgan edi.
Stiv Stivens ismli gumonlanuvchi 74 yoshli Robert Gudvinni o‘ldirgan. Ular o‘zaro tanish bo‘lmagan.
Qotillik aks etgan videoni Stivens o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylagan, ammo taxminan uch soatdan keyin uni olib tashlagan.
Erkak ijtimoiy tarmoq orqali «boshqa ko‘plab qotilliklarni ham amalga oshirgani»ni ma’lum qilgan, ammo huquq-tartibot organlari bu da’volarni tasdiqlay olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi