8 iyun kuni San-Fransisko shahrida o‘tkazilgan WWDC konferensiyasida Music nomli Apple’ning yangi striming musiqa xizmati taqdim qilindi. Bu xizmat ijrochilar uchun ijtimoiy tarmoqni ham o‘z ichiga oladi, deb yozmoqda Kun.uz.
Musiqachilar ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifalarini ochib, u erda, misol uchun, qo‘shiqlardan namunalarni, fotosuratlar, videokliplar yoki konsertlarning anonslarini joylashtirishlari, shuningdek, hamkasblarining ijod namunalarini baham ko‘rishlari mumkin. O‘z navbatida, tinglovchilar iTunes’dagi akkuantdan foydalangan holda yulduzlarning xabarlariga izoh qoldirishlari, ularni «layk» qilishlari mumkin. Ayni vaqtda, tinglovchilar ijtimoiy tarmoqda ijrochilarnikidek sahifalarni ocha olishmaydi.
Foydalanuvchilar servizga 30 iyun kunidan ulanishlari mumkin.
Servizga ulanish oyiga 9,99 dollarni tashkil etadi. 6 kishilik oilaviy profillar esa 14,99 dollarlik chegirmali ulanishdan foydalanishlari mumkin. Dastlabki uch oyda xizmatlar bepul qilib qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi