Dongfeng 1000 km masofa bosuvchi qattiq tanali batareyalarni ishlab chiqaradi

Dongfeng 1000 km masofa bosuvchi qattiq tanali batareyalarni ishlab chiqaradi

Dongfeng kompaniyasi joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab oʻz avtomobillariga oʻrnatiladigan yangi avlod qattiq tanali (solid-state) batareyalarini seriyali ishlab chiqarishni boshlamoqda. Ushbu akkumulyatorning energiya zichligi 350 W·soat/kg ga yetadi, bu esa uni Xitoyda keng tarqalgan birinchi yuqori zichlikdagi qattiq tanali batareyaga aylantiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi batareyalar bilan jihozlangan elektromobillar bir quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtishi kutilmoqda. Yil boshida Dongfeng Yipai sinov modeli Mohe hududida 70 dan ortiq qattiq sinovlardan oʻtkazildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, -30 °C darajadagi oʻta past haroratlarda ham batareya sigʻimi 74 foizdan yuqori darajada saqlanib qolgan.

Qattiq tanali batareyalar elektromobillar uchun eng maqbul yechim hisoblanadi. Ularning asosiy innovatsiyasi tez yonuvchan suyuq elektrolitdan voz kechib, qattiq elektrolitga oʻtilganidir. Bu yongʻin va portlash xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, shuningdek, bir xil hajmda koʻproq elektr energiyasini saqlash imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda sanoatda qattiq tanali batareyalarning uchta asosiy yoʻnalishi mavjud: polimer, sulfid va oksidli. Ular orasida oksid-polimer kompozit yondashuvi ommaviy ishlab chiqarishga eng tez erishish mumkin boʻlgan texnologiya sifatida tan olingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar