Rossiyada SIM-kartalarni qayta rasmiylashtirishga 90 kunlik taqiq qoʻyildi

Rossiya Davlat dumasi aloqa operatorlari bilan shartnomalarni bekor qilishning yangi qoidalarini joriy etuvchi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qildi. Endilikda telefon raqami dastlabki berilgan kundan boshlab 90 kun davomida boshqa abonent nomiga qayta rasmiylashtirilishi mumkin emas. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu yangi norma kiberfiribgarlikka qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning ikkinchi paketidan joy oldi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, oʻzgarishlar firibgarlar tomonidan raqamlarni tezkorlik bilan rasmiylashtirish va qayta sotish orqali amalga oshiriladigan “revolver” sxemalariga chek qoʻyishga qaratilgan.
Shu bilan birga, abonentlar shartnomani muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida ariza berish huquqini saqlab qoladilar. Bunday holatda operator xizmat koʻrsatishni toʻxtatishi va abonent toʻlovini yozishni bas qilishi shart.
Biroq, shartnoma bekor qilingan taqdirda ham, raqamning oʻzi 90 kunlik muddat tugagunga qadar qayta rasmiylashtirish uchun bloklangan holatda qoladi. Bu chora oʻgʻirlangan yoki firibgarlik maqsadida ishlatilgan raqamlarning darhol yangi egalariga oʻtib ketishining oldini oladi.





























Izohlar 0
…