Horizont brendining H-Tab Mini, Go va Crystal planshetlari sotuvga chiqdi

Horizont brendining H-Tab Mini, Go va Crystal planshetlari sotuvga chiqdi

Belarusning Horizont brendi oʻzining yangi planshetlar liniyasini rasman taqdim etdi. Hozirda bozorga turli ehtiyojlar uchun moʻljallangan H-Tab Mini, H-Tab Go va H-Tab Crystal modellari chiqarildi. Ushbu qurilmalar hamyonbop narxi va kundalik vazifalar uchun moslashtirilgan texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Liniyadagi eng ixcham model — H-Tab Mini boʻlib, u 8 dyuymli IPS-displey (1280×800 piksel) bilan jihozlangan. Qurilma Allwinner A333 protsessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega. 4000 mAch sigʻimli akkumulyator bilan taʼminlangan ushbu gadjet Wi-Fi 5 va Bluetooth 5.0 standartlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻrta pogʻonadan joy olgan H-Tab Go modeli 10,1 dyuymli ekranga ega boʻlib, uning xotira hajmi 128 GB ni tashkil etadi. Texnik jihatdan u Mini versiyasiga oʻxshash boʻlsa-da, Bluetooth 5.2 interfeysi bilan boyitilgan. Katta ekranli ushbu qurilma oʻqish va video koʻrish uchun qulay yechim sifatida taqdim etilmoqda.

Turkumning flagmani hisoblangan H-Tab Crystal esa 10,95 dyuymli IPS-ekran va kuchliroq Unisoc T620 chipi bilan taʼminlangan. U 6 GB tezkor xotira, 128 GB ichki xotira va 8000 mAch sigʻimli katta akkumulyatorga ega. Shuningdek, ushbu model 4G LTE tarmogʻida ishlashi hamda GPS, ГЛОНАСС, Beidou va Galileo navigatsiya tizimlarini qoʻllab-quvvatlashi bilan ajralib turadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar