Yandex xavfsiz elektr velosipedlar ijarasi geografiyasini kengaytirdi

Yandex jamoasi kuryerlik yetkazib berish xizmatlari uchun moʻljallangan Yandex Bike elektr velosipedlari parki va ulardan foydalanish hududi kengayganini eʼlon qildi. Endilikda ushbu xavfsiz transport vositalarini Rossiyaning 20 dan ortiq shaharlarida ijara qilish imkoniyati mavjud boʻlib, velosipedlarning umumiy soni 20 mingdan 30 ming donaga yetkazildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ijaraga olish mumkin boʻlgan shaharlar roʻyxatiga Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Ufa, Krasnodar va boshqa yirik markazlar kiritilgan. Ushbu xizmatdan nafaqat Yandex kuryerlari, balki boshqa yetkazib berish xizmatlari hamda shaxsiy logistikasiga ega kompaniya xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
Foydalanuvchilar uchun individual va korporativ (B2B) tariflar joriy etilgan. Eslatib oʻtamiz, Yandex Bike — bu kompaniya tomonidan 2022-yilda ishlab chiqilgan va 2023-yilda koʻchalarga chiqqan maxsus elektr velosipeddir. U 240 W quvvatga ega dvigatel hamda qizib ketish va qisqa tutashuvlarning oldini oluvchi monitoring tizimiga ega akkumulyator bilan jihozlangan.
Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qurilmaga oʻrnatilgan IoT-moduli maksimal tezlikni soatiga 25 km bilan cheklaydi. Bu kuryerlar va piyodalar xavfsizligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.





























Izohlar 0
…