Landspace kompaniyasi Zhuque-2E Y6 metan raketasini muvaffaqiyatli uchirdi

Landspace kompaniyasi Zhuque-2E Y6 metan raketasini muvaffaqiyatli uchirdi

Xitoyning Landspace kompaniyasi Pekin vaqti bilan 9-iyun kuni soat 08:23 da Dunfen kosmodromidan Zhuque-2E Y6 raketa-tashuvchisining modernizatsiya qilingan versiyasini muvaffaqiyatli parvoz qildirdi. Ushbu missiya doirasida Spacesail DTC 01 va CMCC-02 sunʼiy yoʻldoshlari belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, parvozning barcha bosqichlari shtat rejimida oʻtgan va missiya toʻliq muvaffaqiyat bilan yakunlangan. Metan va kislorod yoqilgʻisida ishlaydigan Zhuque-2 raketasi uchun bu tarixiy sakkizinchi parvoz boʻldi. Ushbu dastur Xitoy xususiy kosmonavtikasining eng muhim loyihalaridan biri hisoblanadi.

Landspace vakillari ushbu missiya Xitoyning sunʼiy yoʻldosh internet infratuzilmasini rivojlantirish bilan bevosita bogʻliqligini taʼkidladilar. Parvoz milliy sunʼiy yoʻldosh internet loyihasini amalga oshirishning bir qismi boʻlib, u aloqa guruhini kengaytirish va foydalanuvchilar uchun hamyonbop servislar yaratishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar