Honor smartfonlarida yangi funksiya: MagicOS foydalanuvchi maʻlumotlarini himoyalaydi

1 daqiqa o'qish247
Honor smartfonlarida yangi funksiya: MagicOS foydalanuvchi maʻlumotlarini himoyalaydi

Honor kompaniyasi MagicOS operatsion tizimining yangi talqinida foydalanuvchilar maxfiyligini himoya qilishga qaratilgan “virtual ruxsatnomalar” funksiyasini eʻlon qildi. Ushbu yangilik ilovalarning shaxsiy maʻlumotlarga tez-tez so‘rov yuborishini cheklaydi va xavfsizlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi tizim ilovalarning xabarlar, qo‘ng’iroqlar jurnali va taqvim kabi nozik ma‘lumotlarga kirishini nazorat qiladi. Odatda ilovalar ishlashi uchun kamera, mikrofon yoki joylashuv kabi funksiyalarga ruxsat talab qilinadi, biroq bu ma‘lumotlarning sizib chiqish xavfini tug‘dirishi mumkin.

“Virtual ruxsatnomalar” yoqilganda, biror ilova qo‘ng’iroqlar tarixi kabi maxfiy ma‘lumotlarni o‘qishga harakat qilsa, tizim unga haqiqiy ma‘lumotlar o‘rniga bo‘sh (empty) ma‘lumotlarni taqdim etadi. Bu esa foydalanuvchining shaxsiy hayoti daxlsizligini samarali himoya qiladi.

Ushbu funksiyadan foydalanish uchun Honor egalari “Sozlamalar” > “Maxfiylik va xavfsizlik” > “Virtual ruxsatnomalar” bo‘limiga o‘tishlari lozim. U yerda har bir ilova uchun alohida cheklovlarni o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Mazkur yangilanish MagicOS 10.0.0.160 versiyasidan boshlab joriy etilmoqda. Yaqin haftalar ichida ushbu funksiya barcha mos keluvchi Honor smartfonlarida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?