RTX 5090 va Ryzen 9 9950X3D: Cooler Master Cosmos Gold Limited Edition taqdim etildi

1 daqiqa o'qish191
RTX 5090 va Ryzen 9 9950X3D: Cooler Master Cosmos Gold Limited Edition taqdim etildi

Cooler Master kompaniyasi oʻzining yangi, cheklangan miqdordagi Cosmos Gold Limited Edition ish stoli kompyuterini namoyish etdi. Ushbu tizim 16 yadro va 32 oqimli, Boost chastotasi 5,6 GGs gacha yetadigan eng kuchli AMD Ryzen 9 9950X3D protsessori bazasida yigʻilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Grafik quvvat uchun Blackwell arxitekturasiga asoslangan, 32 GB xotiraga ega maxsus NVIDIA GeForce RTX 5090 videokartasi masʼuldir. Tizimning asosi sifatida Asus ROG Crosshair X870E Hero ona platasi tanlangan boʻlib, u 64 GB DDR5 (4 x 16 GB) tezkor xotira va 2 TB hajmli PCIe Gen4 SSD bilan jihozlangan.

Kompyuterning barqaror ishlashini 80 Plus Platinum sertifikatiga ega 2000 vattli quvvat manbai taʼminlaydi. Sovutish tizimiga alohida eʼtibor qaratilgan: Cooler Master Atmos II 360 suyuqlik sovutish tizimi, ikkita 200 mm li old va bitta 120 mm li orqa ventilyatorlar hatto maksimal yuklamada ham harorat va shovqinni past darajada ushlab turadi.

COSMOS Gold korpusi taxminan 45 kg vaznga ega boʻlib, u USB 3.2, 20 Gbit/s tezlikdagi USB-C, Wi-Fi 7 va Ethernet kabi zamonaviy interfeyslar bilan taʼminlangan. Qurilma Windows 11 Home operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?