Trampning smartfoni HTC U24 Pro modelining kloni boʻlib chiqdi

1 daqiqa o'qish414
Trampning smartfoni HTC U24 Pro modelining kloni boʻlib chiqdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • iFixit mutaxassislari NBC bilan hamkorlikda Trump T1 smartfonini tahlil qilib, u HTC U24 Pro modelining deyarli aynan nusxasi ekanini aniqlashdi.
  • Tadqiqot davomida har ikkala smartfon kompyuter tomografiyasidan o'tkazilib, qismlarga ajratildi va mutaxassislar HTC U24 Pro ona platasini Trump T1 korpusiga o'rnatishga muvaffaq bo'lishdi.

iFixit mutaxassislari NBC bilan hamkorlikda Trump T1 smartfonini batafsil tahlil qilib, qurilma aslida HTC U24 Pro modelining deyarli aynan nusxasi ekanini aniqlashdi. Tadqiqot davomida har ikkala smartfon kompyuter tomografiyasidan oʻtkazildi va butunlay qismlarga ajratildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Eksperiment davomida mutaxassislar HTC U24 Pro ona platasini Trump T1 korpusiga oʻrnatishga muvaffaq boʻlishdi va natijada toʻliq ishlovchi qurilma hosil boʻldi. Ichki konstruksiya deyarli bir xil boʻlib, farqlar faqat tashqi dizaynning ayrim elementlari bilan cheklangan.

Trump T1 modelida chiroq (vspishka) joylashuvi biroz oʻzgartirilgan, dinamik panjarasi qayta ishlangan va xotira chiplari boshqa yetkazib beruvchidan olingan. Xususan, Trump T1 qurilmasida Micron, HTC U24 Pro modelida esa SK Hynix komponentlari qoʻllanilgan. Eng katta farq batareya sigʻimida: Trump T1 5000 mA·soat, HTC U24 Pro esa 4600 mA·soat quvvatga ega.

Avvalroq HTC kompaniyasi boshqa brendlar uchun smartfon ishlab chiqarmasligini taʼkidlagan edi, biroq U24 Pro modelining kelib chiqishi haqida maʼlumot bermagan. The Verge nashrining yozishicha, Trump T1 Xitoyda ishlab chiqariladi. Trump Mobile vakillari esa hozircha butlovchi qismlar "doʻstona mamlakatlar"dan keltirilayotganini, "AQSHda ishlab chiqarilgan" maqomi esa kelajakdagi maqsad ekanini bildirishdi.

Trump T1 rasman taqdim etilganiga bir yilga yaqinlashgan boʻlsa-da, u hali ham oddiy xaridorlar uchun deyarli imkonsiz boʻlib qolmoqda. Hozircha smartfonni faqat ayrim jurnalist va blogerlar qoʻlga kiritgan, ommaviy yetkazib berishlar haqida esa tasdiqlangan maʼlumotlar yoʻq.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?