Orbitadagi “axlat”ni yutuvchi robot yaratildi

Orbitadagi “axlat”ni yutuvchi robot yaratildi

AQSHda orbitadagi kosmik chiqindilarni yig‘ish uchun REACCH nomli robot ishlab chiqildi. Sakkizoyoqqa o‘xshash ushbu qurilma maxsus egiluvchan manipulyatorlari yordamida ishdan chiqqan sun’iy yo‘ldoshlar va boshqa kosmik chiqindilarni ushlay oladi.

Robot chiqindilarni Yer atmosferasining zich qatlamlariga yo‘naltiradi. Natijada ular atmosferaga kirish jarayonida yonib ketadi va orbitadagi xavfli obyektlar soni kamayadi. Bu esa faol sun’iy yo‘ldoshlar hamda kelajakdagi kosmik missiyalar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

REACCH prototipi 2024 yildan buyon Xalqaro kosmik stansiyada sinovdan o‘tkazilmoqda. Mutaxassislar Yer orbitasida millionlab mayda va minglab yirik kosmik chiqindilar mavjudligini qayd etib, robotni 2027 yildan amaliy missiyalarda qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu texnologiya koinotdagi chiqindilar muammosiga qarshi kurashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Koinotda harakatlanayotgan sun'iy yo‘ldosh va robotning texnik qismlari.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar