Venchur investitsiyalar startaplarda firibgarlikni koʻpaytiradimi

Buyuk Britaniya va Fransiya tadqiqotchilari venchur investitsiyalar bilan moliyalashtiriladigan startaplarda nima uchun firibgarlik holatlari koʻproq uchrashini oʻrganib chiqdi. Toronto universitetining 2000–2023 yillarni qamrab olgan tadqiqotiga koʻra, venchur investitsiyasini olgan kompaniyalar bunday ayblovlarga mablagʻ olmay faoliyat yuritganlarga nisbatan koʻproq duch kelishi aniqlangan.
Buyuk Britaniyaning Imperial College va Fransiyaning Emlyon Business School tadqiqotchilari tomonidan eʼlon qilingan yangi hisobot venchur investitsiyalar bilan moliyalashtiriladigan startaplarda nima uchun firibgarlik holatlari koʻproq uchrashini oʻrganib chiqdi. Mazkur ilmiy ish texnologiya olamidagi xatarli tendensiyalar va investorlarning bu boradagi masʼuliyatini ochib bergani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
TechCrunch nashrining xabar berishicha, tadqiqotchilar 2000–2023 yillar oraligʻida AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) hamda Adliya vazirligi (DOJ) tomonidan fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha taʼqib qilingan texnologik asoschilar va kompaniyalar maʼlumotlar bazasini yaratishgan. Soʻnggi yillarda Frank kompaniyasidan Charlie Javice, Terraform Labs asoschisi Do Kwon kabi mashhur shaxslarning jinoyatlari shular jumlasidandir.
Toronto universitetining iyun oyida eʼlon qilingan yana bir tadqiqotida 2000–2023 yillarda AQShdagi venchur fondlari tomonidan moliyalashtirilgan startaparga qarshi ochilgan 654 ta firibgarlik ishlari tahlil qilindi. Unga koʻra, umumiy olib qaraganda firibgarlik kam uchrasa-da, venchur investitsiyasini olgan kompaniyalar bunday ayblovlarga mablagʻ olmay faoliyat yuritganlarga nisbatan koʻproq duch kelishi aniqlangan.
Notoʻgʻri kutilmalar va sunʼiy intellekt omili
Tadqiqot mualliflaridan biri Tim Weissning taʼkidlashicha, bozor qizib ketgan va nazorat zaiflashgan davrlarda ish boshlagan startaplar keyinchalik firibgarlik yoʻliga kirib ketish ehtimoli 19 foizga yuqori boʻladi. Uning fikricha, muammo faqatgina asoschilarning oʻzida emas, balki ular oldiga haddan tashqari yuqori oʻsish koʻrsatkichlarini talab qilib qoʻyuvchi investorlarda hamdir.Hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan sunʼiy intellekt startaplari muhiti ham aynan asoschilarni qonunbuzarlikka undaydigan sharoitlarni yaratmoqda. Investorlarning talablari va kompaniyaning real imkoniyatlari oʻrtasidagi farq kattalashgani sari muammolar yanada keskinlashadi.
Aldovning uch bosqichi
Tadqiqotda asoschilar duch keladigan bosim sababli yolgʻonchilikning uchta bosqichiga oʻtib ketishi tushuntirilgan. Bular sirtqi, mustahkamlangan va chuqur aldov shakllaridir.- Sirtqi aldov: Asoschilar kompaniyaning muvaffaqiyati aslida qandayligini yashirib, uni juda yaxshi qilib koʻrsatishidir.
- Mustahkamlangan aldov: Yolgʻonlarni isbotlash uchun soxta dalillar, shartnomalar va hisob-fakturalarni tayyorlash.
- Chuqur aldov: Moliyaviy koʻrsatkichlarni butunlay soxtalashtirish orqali venchur fondlarini aldanishga majburlash.






























Izohlar 0
…