Jazoirda avtobus ag‘darilib o‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi

Jazoirning Bumerdes viloyatida sodir bo'lgan yo'lovchi avtobusining ag'darilib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi. Setif viloyatidan harakatlangan avtobus 1 avgust kuni noma'lum sabablarga ko'ra yo'ldan chiqib ketgan va fojia keltirib chiqargan. Ushbu yirik yo'l-transport hodisasi natijasida yana 44 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib shifoxonalarga yetkazilgan.
Jazoirning Bumerdes viloyatida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘ldi. Yo‘lovchi avtobusining yo‘ldan chiqib ag‘darilishi natijasida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, yana 44 nafar fuqaro turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, fojia 1 avgust kuni mamlakat shimolida joylashgan Bumerdes viloyati hududida sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Setif viloyatidan harakatlangan yo‘lovchi avtobusi hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilib ketgan.
Jazoir Fuqarolik muhofazasi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, halokat oqibatida kamida 25 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan, yana 44 kishi esa turli og‘irlikdagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
Ayni paytda voqea joyida qutqaruvchilar va tezkor tibbiy yordam guruhlari ish olib bormoqda. Mutasaddi idoralar halokat sabablarini aniqlash maqsadida rasmiy tekshiruv ishlarini boshlagan.






























Izohlar 0
…