Farg‘onada Damas'da 28 nafar bola tashilayotgani barchani hayratga soldi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida harakatlanayotgan Damas rusumli avtomashinada 28 nafar bola noqonuniy ravishda tashilayotgani aniqlandi. Turvat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida bolalarning besh nafari mashinaning old o‘rindig‘iga joylashtirilgani ma'lum bo'ldi. Mutaxassislar yo‘l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda bunday holat bolalar hayoti va salomatligiga ulkan xavf tug‘dirishini ta'kidladi.
Farg‘ona viloyatida bolalarni tashish qoidalarining qo‘pol ravishda buzilgani bilan bog‘liq yana bir holat aniqlandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Toshloq tumanida to‘xtatilgan Damas avtomobilida 28 nafar bola noqonuniy ravishda tashilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mas’ul idoralar ma’lum qilishicha, mazkur holat Toshloq tumanining Turvat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qayd etilgan. Tekshiruv jarayonida bolalarning besh nafari avtomobilning old o‘rindig‘iga joylashtirilgani ham aniqlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi holatlar yo‘l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda bolalar hayoti va salomatligi uchun juda katta xavf tug‘diradi.
Qayd etilishicha, ota-onalar hamda haydovchilarga bolalarni transport vositalarida tashish qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilgan va ogohlantirishlar berilgan. Shunga qaramasdan, bunday qoidabuzarliklar ayrim hududlarda hali ham tez-tez uchrab turibdi.
Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, uning hisobiga 0,3 jarima balli ham yozildi.






























Izohlar 0
…