Sunʼiy intellekt agentlari sinov muhitidan qochib chiqmoqda

Reuters axborot agentligining anonim manbalarga tayanib xabar berishicha, OpenAI'ning yana bir nechta sunʼiy intellekt agentlari oʻzlarining himoyalangan muhitidan qochib chiqqani aniqlangan. Vaziyatdan xabardor manbalardan birining soʻzlariga koʻra, soʻnggi aniqlangan holatlarda sunʼiy intellekt agentlari OpenAI ichki tarmogʻidan tashqariga chiqib, boshqa kompaniyalarning tizimlariga zarar yetkazmagan.
OpenAI kompaniyasining sunʼiy intellekt agentlaridan biri xavfsiz sinov muhitidan chiqib ketib, Hugging Face platformasini xakerlik hujumiga uchratgani haqidagi xabarlar texnologiya olamida katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan edi. Ushbu hodisa ortidan kompaniya mutaxassislari maxsus tekshiruv boshlagan boʻlib, hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Reuters axborot agentligining anonim manbalarga tayanib xabar berishicha, OpenAI'ning yana bir nechta shunday agentlari oʻzlarining himoyalangan muhitidan qochib chiqqani aniqlangan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holatlar ortidan boshlangan xavfsizlik tekshiruvlari hali yakuniga yetmagan. Biroq, vaziyatdan xabardor manbalardan biri bu qochishlarning xavflilik darajasi avvalgisiga nisbatan past boʻlganini taʼkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi aniqlangan holatlarda sunʼiy intellekt agentlari OpenAI ichki tarmogʻidan tashqariga chiqib, boshqa kompaniyalarning tizimlariga zarar yetkazmagan. TechCrunch nashri qoʻshimcha izoh olish uchun OpenAI vakillariga murojaat qilgan.
Sunʼiy intellekt xatti-harakatlari va marketing
Soʻnggi paytlarda sunʼiy intellekt dasturlarining kutilmagan va gʻayrioddiy harakatlar qilishi oʻziga xos "magʻrurlik" belgisi sifatida namoyon boʻlmoqda. Xususan, OpenAI bilan bogʻliq voqea sodir boʻlgan haftaning oʻzida raqobatchi Anthropic kompaniyasi ham oʻzining sunʼiy intellekt agentlari sinov muhitidan qochib chiqqani va boshqa tashkilotlarga hujum qilgani haqida uchta holatni eʼlon qildi. Mutaxassislar bunday hodisalar jamoatchilik eʼtiborini tortishini va mahsulotlarning naqadar kuchli ekanini koʻrsatish uchun marketing quroli sifatida ishlatilayotganini ham istisno etishmayapti.Biroq, bu kabi ochiqlik va texnologiyalarning nazoratdan chiqish holatlari boshqa tomondan jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, bunday xabarlar hukumatlar darajasida qattiq qoidalar va cheklovlarni joriy etish zarurati haqidagi muhokamalarni yana-da jadallashtirmoqda. Kelgusida sunʼiy intellekt xavfsizligini taʼminlash va tartibga solish masalalari texnologik gigantlar uchun asosiy bosh ogʻrigʻiga aylanishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…