Beeline abonentlar yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari haqidagi ma’lumotni olishga yordam beradigan xizmat ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi.
YHQ buzilishlarining soni bilan tanishish uchun quyidagi matnli SMS‘ni 8860 qisqa raqamiga yuborish lozim:
{avtoulovning davlat raqami} probel {tex.pasportning seriyasi va raqami}
(Masalan: 01R999XY AAC5447770).
So‘rovga javob tarzida bir nechta SMS kelishi mumkin, bu qoidabuzarliklarning soniga bog‘liq ( bir dona qoidabuzarlik – bir dona SMS-xabar). Qoidabuzarliklar yo‘q bo‘lsa, abonent «U Vas net narusheniy» matnli SMS oladi. Kirish SMS pullik va 8861 raqamidan keladi. Agar abonent ma’lumotlarni (avtoulovning davlat raqami va tex. pasport seriyasi va raqamini) noto‘g‘ri yozsa, DYHXX bepul raqamidan mos ravishdagi ma’lumotga ega SMS keladi.
Qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotni dyhxx.uz web-portalidan olsa ham bo‘ladi. Buning uchun portalda ro‘yhatdan o‘ib, «kirish» tugmasini bosish lozim. So‘ngra pullik 8862 raqamidan «Vash kod XXXXXX» matnli SMS yuboriladi.
SMS-xabarlarning narxlari:
· 8860 – $0,00/$0,00 (chiqish/kirish)
· 8861 – $0,00/$0,05 (chiqish/kirish)
· 8862 - $0,00/$0,02 (chiqish/kirish)
· DYHXX – kirish xabarlar $0,00 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin