Beeline «oq VPN»ni ishga tushirdi: Spotify va Netflix’dan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish

Beeline «oq VPN»ni ishga tushirdi: Spotify va Netflix’dan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish

Rossiyaning Beeline operatori mamlakatda rasman cheklanmagan, biroq foydalanish imkoniyati boʻlmagan qator xorijiy internet-servislarga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyati yoʻlga qoʻyilganini eʼlon qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya bosh direktori Sergey Anoxinning maʼlum qilishicha, 9-iyundan boshlab «bee» obunasi foydalanuvchilari Spotify, Netflix, Ticketmaster, Brawl Stars va boshqa bir qator xorijiy platformalardan foydalanish imkoniga ega boʻlishdi. Ushbu loyiha avvalroq Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida muhokama qilingan «oq VPN» konsepsiyasining amaliy ijrosidir.

Operator vakillarining soʻzlariga koʻra, mazkur yechim abonentlar uchun xorijiy servislardan qulay va qonuniy foydalanishni taʼminlaydi. Hozircha kompaniya ushbu xizmatning texnik jihatdan qanday amalga oshirilgani haqidagi tafsilotlarni ochiqlamagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar