Beeline “Uchinchi avlod-2015” dasturining yakunlarini sarhisob qilmoqda

Beeline “Uchinchi avlod” dasturining ettinchi mavsum yakunlarini sarhisob qilmoqda. 18 avgust kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Milliy universitetining III va IV kurs talabalari malaka oshirish to‘g‘risidagi yakuniy taqdimotlari bilan chiqdilar.
Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov: “O‘zlarining yakuniy taqdimotlarida talabalar erishilgan yutuqlari haqida hikoya qilib, Beeline bilan hamkorlikdan olgan qator ijobiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning har biri o‘zi ta’lim olgan jamoasi va ustozi uning kasb mahorati oshishiga hissa qo‘shganini yuqori baholadi. Shubhasiz, mazkur dastur yordamida kompaniya yana bir bor o‘zining mas’uliyatli ish beruvchi degan maqomini tasdiqladi, va o‘zining ochiqligini namoyon etdi”.
Eslatib o‘tamiz, “Uchinchi avlod” dasturi yaxshi akademik o‘zlashtrishga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga va yuqori kurs talabalariga mo‘ljallangan. Amaliyot o‘tash jarayonida har bir amaliyotchi uchun individual rivojlantirish rejasi tuzilib, shaxsiy rahbar tayinlangan. Bundan tashqari, talabalar tanlab olingan profil bo‘yicha qator noyob professional treninglarni o‘tab, kunlik jarayonlarda to‘liq ishtirok etdilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing