16:51 / 10.08.2017
5 663

Facebook yangi Watch videoplatformasi ishga tushirilganini e’lon qildi

Facebook yangi Watch videoplatformasi ishga tushirilganini e’lon qildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i tez orada Watch videoplatformasi ishga tushirilishini e’lon qildi. U turli tomosha va mualliflik shoulari, jonli efirlarni videobloglarga joylashtirish uchun qo‘llaniladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

"Biz Watch – yangi platformasini taqdim etamiz. U Facebook tarmog‘ida videolavhalarni namoyish etishga mo‘ljallangan. Platformadan mobil telefon, stol kompyuteri va noutbuklar, shuningdek, televizorlar uchun ilovalar orqali foydalanish mumkin", - deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, mashhur YouTube videoxostingidan farqli ravishda Watch xizmatidan faqat mualliflik tomoshalarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Buning uchun kompaniya bilan hamkorlik kelishuvlariga erishish talab etiladi. TechCrunch portali ma’lumotlariga ko‘ra, agar muallif reklama lahzalarini e’tiborga olsa, uning 45 foiz daromadi Facebook kompaniyasiga o‘tadi.

Press-relizda yozilishicha, yangi platformada bir nechta bo‘lim bo‘ladi.

Yangi xizmatdan dastlab AQSh fuqarolari foydalana olishadi. Keyinchalik u boshqa mamlakatlarga ham joriy etiladi. Uning qachon ishga tushish muddatiga oydinlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook yangi Watch videoplatformasi ishga tushirilganini e’lon qildi