02:25 / 18.08.2017
5 705

Trampning birgina tviti bois Amazon 6 mlrd dollar yo‘qotdi

Trampning birgina tviti bois Amazon 6 mlrd dollar yo‘qotdi
Kechagina AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning Twitter tarmog‘idagi fikri ommalashganlik bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatganini yozgan edik. Bugun esa AQShning amaldagi rahbari e’lon qilgan birgina fikri bois jahonning nufuzli kompaniyasi bir necha milliardlik mablag‘ini yo‘qotgani to‘g‘risida xabar bermoqdamiz.

Gap shundaki, janob Donald Tramp navbatdagi tvitida onlayn savdo hamda texnologiya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Amazon kompaniyasini nishonga olgan. Uning fikricha, kompaniya chakana savdoga putur etkazib, AQShda ishchi o‘rinlarning qisqarib borishiga sababchi bo‘lmoqda.

Amazon is doing great damage to tax paying retailers. Towns, cities and states throughout the U.S. are being hurt — many jobs being lost!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 16 avgust, 2017 yil.


"Amazon chakana savdo bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchi do‘konlarga katta ziyon keltirmoqda. AQShdagi tuman va shaharlar, shtatlar bundan katta zarar ko‘rmoqda — ishchi o‘rinlari qisqarib bormoqda!"

Bu tvit e’lon qilingach, Amazon aksiyalari narxi keskin pasayib ketgan va kompaniya kapitali bir necha daqiqa ichida 6 milliard AQSh dollariga qisqarib ketgan.

Donald Tramp azaldan Amazon hamda uning bosh direktori Jeff Bezos bilan chiqisha olmaydi. Boisi, Washington Post gazetasiga egalik qiluvchi Bezos saylov vaqtlarida saylovchilarni Trampga ovoz bermaslikka chaqirgan.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Trampning birgina tviti bois Amazon 6 mlrd dollar yo‘qotdi