date

Amazon xaridlar uchun yangi Alexa for Shopping sunʼiy intellektini taqdim etdi

Amazon xaridlar uchun yangi Alexa for Shopping sunʼiy intellektini taqdim etdi

Amazon kompaniyasi xarid qilish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida Alexa+ texnologiyasiga asoslangan yangi “Alexa for Shopping” sunʼiy intellekt yordamchisini ishga tushirdi. Ushbu yangilik 2024-yilda taqdim etilgan Rufus yordamchisini toʻliq almashtiradi va foydalanuvchilarga mobil ilovalar, kompyuterlar hamda Echo Show qurilmalarida ovozli va sensorli boshqaruv imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi yordamchi nafaqat mahsulotlarni qidirish va taqqoslash, balki foydalanuvchining xaridlar tarixi va odatlariga asoslangan shaxsiy tavsiyalar berishga qaratilgan. Foydalanuvchilar qidiruv satriga oʻz savollarini yozishlari yoki ovozli buyruqlar berishlari mumkin. Masalan, tizimdan terini parvarish qilish boʻyicha maslahat soʻrash yoki avvalgi xaridlarni eslatishni iltimos qilish imkoniyati mavjud.

Alexa for Shopping funksiyalari mahsulot narxlarini kuzatish va kerakli tovarlarni avtomatik tarzda savatga qoʻshish kabi imkoniyatlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, tizim narxlar pasayganda xaridni amalga oshirish yoki uy hayvonlari uchun ozuqa kabi zaruriy mahsulotlarni muntazam buyurtma qilishni rejalashtirishi mumkin.

Kompaniya ushbu yordamchi Amazon platformasidan tashqaridagi onlayn doʻkonlarda ham xarid qilish imkonini beruvchi “Buy for Me” funksiyasini taqdim etmoqda. Garchi bu qulaylik sifatida koʻrilsa-da, sunʼiy intellektning avtonomligi va shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi borasida ayrim bahs-munozaralarga sabab boʻlmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon xaridlar uchun yangi Alexa for Shopping sunʼiy intellektini taqdim etdi