
WL Tech kompaniyasining roppa-rosa 1069 dona beozor Dobi robotlari bir vaqtning o‘zida metall qad-qomatlarini musiqiy harakatlarga moslab raqsga tushib, raqsga tushayotgan robotlar sonining ko‘pligi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, deb yozadi Terabayt.uz sayti.
Mitti robotlar raqsi
Bu mitti gadjetlarning sa’y-harakatlari behuda ketmadi va ular jahonning eng dongdor nashriga kirishga muvaffaq bo‘ldilar. Ularning raqslariga siz ham baho bering.
Xitoyning Guanchjou shahrida tashkil qilingan g‘aroyib raqs shousida biror bir robot pand bermadi va barchasi bekam-ko‘st harakat qildi.
Ularning qo‘lidan yana nima keladi?
Dobi robotlari raqs harakatlaridan tashqari, qo‘shiq ham kuylaydi, boksga tushadi hamda «kung-fu» bilan shug‘ullanadi.
Avvalgi rekord
Dobi robotlariga qadar, 2016 yilda 1007 dona QRC-2 robotlari bir vaqtning o‘zida raqsga tushib, jahon rekordini o‘rnatishgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar