Lenovo kompaniyasi ThinkPad qatoridagi yangi noutbuklarini namoyish etdi. RgRuDigital'da ma’lum qilinshicha, yangi qurilmalar AMD texnologiyalar bazasida qurilgan.
ThinkPad A275 va A475 modellari xitoyliklar kengaytirishga va’da berayotgan korporativ lineykadagi endigina birinchi noutbuklardir. Modellar oltinchi yoki yettinchi avlod AMD PRO protsessorlari, AMD Radeon R7 integratsiyalashgan grafik protsessori bilan taqdim etiladi. Bu ayniqsa ishdan bo‘sh vaqtda o‘yin o‘ynashni yaxshi ko‘ruvchilarga ma’qul keladi.
275-modelning ekran diagonali - 12,5 dyuym va 475-modelniki esa - 14 dyuym. Bundan tashqari, yangi noutbuklar operativ xotira hajmi bilan ajralib turadi: A275 - 16 Gb, A475 - 32 Gb. Kenja model to‘ng‘ichidan (1,63 kg) 300 grammga yengil - 1,36 kg.
Yangi ThinkPad noutbuki LTE mobil tarmoqlar bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi, interfeyslardan USB 3.0 va Type-C, HDMI va RJ45 o‘ymasi. Ma’lumotlarni himoyalash uchun Match on Chip barmoq izlari skaneri qo‘llaniladi.
Shuningdek noutbuklar kuchli batareya bilan ta’minlangan - ishlab chiqaruvchi 10 soatgacha avtonom ishlashga va’da bermoqda.
Yangi noutbuklar 2017 yilning noyabrida sotuvga chiqadi, lekin kompaniya narxlarga doir ma’lumotlarni berganicha yo‘q.
Raqiblarga keladigan bo‘lsak, yangi ThinkPad korporativ segmentda HP'ning EliteBook, ASUS'ning ZenBook va Apple'ning MacBook Pro noutbuklari bilan bellashadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi