Xitoyda iPhone 6s’ning 91 dollar turadigan “kalbaki” nusxasi sotuvga chiqarildi

Xitoyning Shenchjen shahrida narxi 91 dollar turadigan iPhone 6s smartfonini to‘liq takrorlovchi nusxasi sotuvga chiqarildi. Bu haqda International Business Times nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Bu qurilma iPhone 6s kabi 4,7 dyuymli ekranga ega, uning o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishi Apple smartfoni bilan aynan bir xildir. Shu bilan birga qurilma iOS operasion tizimini takrorlaydigan dasturga ega Android operasion tizimida ishlaydi.
iPhone 6s’ning “qalbaki” nusxasida 1,5 GGs chastotali ARM Cortex prosessori, 1 Gb tezkor xotira va 4 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan. Smartfonning asosiy kamerasi 13 Mp, frontal kamerasi esa 2 Mpni tashkil qiladi. Akkumulyator sig‘imi 2000 mA-soatni tashkil qiladi. Qurilma original smartfondan 10 barobar arzonroq, ya’ni 91 dollar turadi.
Avvalroq iPhone 6s sotuvga chiqarilishi oldidan Shenchjenda 30 ga yaqin qalbaki Apple Store do‘konlari ochilgani ma’lum bo‘lgandi. Bunday do‘konlarning sotuvchilari iPhone 6s’ni ikki barobar qimmatroqqa taklif qilishmoqda. Biroq shaharda faqatgina bitta rasmiy Apple Store do‘koni va beshta rasmiy diler mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing