Beeline yangi mobil ilovani sinovdan o‘tkazishga volontyorlarni taklif etadi

Beeline yangi mobil ilovani takomillashtirish va qayta aloqaga ega bo‘lish uchun yopiq beta-sinovdan o‘tkazishga foydalanuvchilarni taklif etadi. Kompaniyaning barcha abonentlari – Android OT foydalanuvchilari – kompaniyaning yangi dasturini sinovdan o‘tkaza oladilar.
Buning uchun Beeline Uzb foydalanuvchisiga (https://www.facebook.com/beelinemqa) shaxsiy xabar orqali foydalanuvchilar o‘z Gmail-manzillarini yozib yuborishlari lozim.
Ishtirokchilar ro‘yhati tuzilgach, barchaning elektron manziliga maxsus havola yuboriladi va u orqali ilovani o‘rnatib olish mumkin bo‘ladi. Ilovadan foydalanilgan payt internet-trafik sarflanmaydi. Sinovning har bir ishtirokchisini kompaniya tomonidan sovg‘alar kutmoqda.
Tafsilotlar www.facebook.com/beeline.uz sahifasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing