
«Apple» kompaniyasi yaqin-yaqinlarda ham o‘zining yangi «iPhone X» smartfonlarini dunyoga ko‘z-ko‘z qilib, ular dunyodagi eng ishonchli, chidamli, tezkor va go‘zal funksiyalarga ega ekanini aytishdan charchashmagandi. Qarangki, Amerikaning o‘zida bu smartfonni sotib olganlar ertasigayoq do‘konga qaytarib bera boshlashdi.
Nega? Buning bir qator jiddiy sabablari bor ekan. Birinchidan, smartfondagi funksiyalar «Samsung Galaxy Note 8»ning funksiyalari oldida ip esha olmaydi. Foydalanish uchun juda noqulay va zerikarli. «OLED» displeyi ham talab darajasida emas. Batareykasidagi elektr quvvati qanchaligi va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lishning sira imkoni yo‘q. Funksiyalar juda sekin ishlaydi. Demak, bu smartfon nafaqat 1000 dollar, balki 100 dollarga ham arzimaydi.
Kompaniyadagilar bu voqeaga hozircha hech qanday fikr bildirmadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar