date

Oktyabr oyida Beeline abonentlaridan eng ko‘p berilgan savollar

Oktyabr oyida Beeline abonentlaridan eng ko‘p berilgan savollar

Beeline ijtimoiy tarmoqlardagi kompaniyaning Facebook, OK.RU va Twitter‘dagi korporativ sahifalarida eng ko‘p berilgan savollar ro‘yhatini tuzdi.

1. Detalizasiyani qanday olsa bo‘ladi, va uning narxi qancha?

Detalizasiyaga https://uslugi.beeline.uz web-sayti orqali buyurtma berish, Beeline Uzbekistan mobil ilovasi orqali, shuningdek kompaniyaning shaxsiy ofislaridan biriga murojaat etib olish mumkin. Kompaniya ofislari orqali detalizasiyaga buyurtma berish pullik (1kun uchun – $1, 7 kun uchun – 2$, 1 oy uchun – 4$).

2. Balans nima uchun kamayadi?

Balansning kamayishi abonent tarafidan kompaniyaning xizmatlaridan foydalanishni aks ettiradi. Bu SMS- MMS-xabarlar, Internetga ulanish, roumingda telefondan foydalanish, abonent to‘loviga ega va pullik qo‘shimcha xizmatlarni yoqish, shuningdek qisqa raqamlardan foydalanib kontent-provayderlar xizmatlaridan foydalanish chog‘ida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Ishonchli to‘lov va Avtoto‘lov xizmatlari taqdim etilgan paytda ham balansdan mablag‘ echilib olinadi. Hisobdagi mablag‘ miqdorini nazorat qilish uchun *102# buyrug‘idan foydalanish, 0697 bepul raqamiga qo‘ng‘iriq qilish, yoki detalizasiyaga buyruq berish mumkin.

3. Gudok o‘rniga sovg‘a sifatida musiqaga buyurtma berish qanday amalga oshiriladi?

Ha, sovg‘a sifatida musiqaga buyurtma berish mumkin. Buning uchun Galereyada musiqani tanlab, “Sovg‘a sifatida olish” opsiyasini tanlash lozim. Xizmatga buyurtma bergan abonent quyidagi SMS‘ni oladi: “Melodija v podarok byla uspeshno dostavlena abonentu s nomerom 99890xxxxxxx”. Abonent esa o‘z navbatida buyurtma bergan abonentning telefon raqami ko‘rsatilgan holda sovg‘a haqida SMS oladi.

4. Beeline Club ballari qanday beriladi?

Har bir SMS, MMS, Internet, harid qilingan rasm va musiqalar uchun sarflangan 1$ evaziga 5 ball beriladi. Batafsil ma’lumotga 0777 raqami orqali, yoki www.beelineclub.uz sayti orqali ega bo‘lish mumkin.

5. Raqamni qanday qilib o‘z nomiga rasmiylashtirish mumkin?

Qayta rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra ikki taraf o‘z pasportlarining originallari bilan kompaniya ofisiga tashrif buyurishlari lozim. Oddiy raqamlarni qayta rasmiylashtirish narxi 2$, raqam “oltin” raqamlar toifasiga mansub bo‘lsa, “oltin” raqamning to‘liq narxi to‘lanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Oktyabr oyida Beeline abonentlaridan eng ko‘p berilgan savollar