Microsoft o‘z noutbuklarini chegirma asosida sotadi

Microsoft o‘z noutbuklarini kompaniyaning rasmiy do‘konlarida eski leptoplarni almashtirish evaziga chegirma asosida sotmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Mazkur aksiya narxi 599 dollardan ziyod Microsoft noutbuklari uchun amal qiladi. Microsoft har qanday noutbuki sotuvida 200, MacBook topshirilganda 300 dollargacha chegirma qilishi mumkin. Shunga yarasha chegirmaga ega bo‘lishning o‘ziga yarasha shartlari bor.
Topshiriladigan qurilma olti yildan ko‘p ishlamagan, ishlash xususiyatiga ega va jiddiy zarar ko‘rmagan bo‘lishi kerak. Displey diagonali 11 dyyumdan kichik bo‘lmasligi kerak.
Aksiya 14 oktyabrdan 20 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi. U faqatgina AQSh va Kanadada amal qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing