06:47 / 23.12.2017
3 629

iPhone’larni atay sekinlashtirgani sababli Apple’ni sudga berishdi

iPhone’larni atay sekinlashtirgani sababli Apple’ni sudga berishdi
Avval xabar berganimizdek, Apple kompaniyasi 1 yildan 3 yilgacha ishlatilgan ayfonlarining ishlash samaradorligini ataylabdan pasaytirib qo‘yishi aniqlangan. Bu to‘g‘rida xalqaro ommaviy axborot vositalari jar solgach, jahonning taniqli laboratoriyalari vaziyatni o‘rganishga kirishib ketishgan. Taniqli Geekbench benchmarki asoschisi bo‘lgan Primate Labs kompaniyasi ekspertlari ham ushbu holatni tekshirib ko‘rib, tasdiqlashgan. Natijada kupertinolik gigant chindan ham shunday qilib kelayotganligini tan olishga majbur bo‘lgan.

Shu masala bo‘yicha Los-Anjeles hamda Chikago aholisi Apple kompaniyasiga qarshi jamoaviy ariza bilan sudga murojaat etishdi, deb yozadi iGuides nashri. Da’vogarlar ishlab chiqaruvchidan bunday qilishni to‘xtatishini, yangi qurilmalar xaridiga sarflangan mablag‘larni qoplab berishini hamda ma’naviy zararni ham qoplashini talab etishmoqda.

Arizachilarning fikricha, Apple ataylab – har yili yanada ko‘proq foydalanuvchilar yangi ayfonlarni xarid qilishlari uchun oldingi modellarning samaradorligini sun’iy tarzda pasaytirib kelmoqda. Biroq arizada masalaning texnik jihati e’tiborga olinmagan – axir, bir necha bor quvvatlashlar natijasida litiyli akkumulyatorlarning tabiiy eskirishi ham bor-ku.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone’larni atay sekinlashtirgani sababli Apple’ni sudga berishdi