Toshkentdagi yana 280 ta chorraha kuzatuv va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini qayd etish kameralari bilan jihozlanadi. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Kompyuter markazi» bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov ma’lum qildi. 2018−2020 yillarga mo‘ljallangan dasturda kameralar bilan ta’minlangan chorrahalar qamrovini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda kameralar faqatgina svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish va tezlikni me’yoridan oshirishni qayd etmoqda. Shuhrat Murodovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtlarda boshqa qoidabuzarliklarni ham qayd etishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanayotgani yo‘q.
Qoidabuzarliklarni qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimi 2017 yil 15 mart oyidan buyon Toshkentdagi 115 ta chorrahada ishlab kelmoqda. Birinchi kunlarda 8000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, ayni damda ular soni haftasiga 2000 tadan kamroqni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi