14:20 / 27.02.2018
4 174

iPhone X Plus displeyining ilk “jonli” surati tarqaldi

iPhone X Plus displeyining ilk “jonli” surati tarqaldi
Apple korporatsiyasi joriy yilning kuzida uchta smartfon taqdim etishni rejalashtirgan. Ular orasida iPhone X Plus modeli ham mavjudligidan xabardorsiz.

Barselonada MWC 2018 anjumani davom etar ekan, xitoylik manbalar dunyo ahlining e’tiborini boshqa tomonga jalb etishni ham uddalashdi. Ya’ni, ular LG Display kompaniyasi tomonidan iPhone X Plus uchun tayyorlangan displeyning birinchi fotosuratini internetga chiqarib yuborishdi.

Mana, mazkur displey quyidagicha ko‘rinishga ega:

Aytib o‘tish o‘rinliki, iPhone X smartfoni uchun displeylarning yagona yetkazib beruvchisi Samsung kompaniyasi edi. Biroq keyinchalik kupertinoliklar o‘zlarining asosiy raqibi bo‘lmish Samsung’dan cho‘chib, o‘z smartfonlari uchun displey yetkazib berish bo‘yicha LG Display bilan hamkorlik borasida kelishib olgan.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone X Plus displeyining ilk “jonli” surati tarqaldi