Bortida yadro zaryadini tashishga qodir yangi suvosti atom kemasi «Status-6» kobalt bombasi hisoblanib, butun bir qit’alarni hayot mavjud bo‘lmagan hududlarga aylantirishi mumkin. Bu haqda yadro qurolini qo‘llash oqibatlarini tadqiq etuvchi Stiven Shvars ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, yadro qurolining yer yaqini yoki yuzasidagi detonatsiyasi radioaktiv chiqindilarning tushishiga olib keladi. Portlash vaqtida olovli bulut tuproq va suvni o‘ziga yutib, ularni radionuklidlar bilan ifloslantiradi, shundan so‘ng ular atmosferaga tashlanib, katta masofaga yoyiladi.
Tarkibida kobalt-60 bo‘lgan chang va suv zarralari shamol bilan portlash epimarkazidan minglab kilometr masofaga yoyilishi mumkin. «Status-6» Vashington yaqinida portlasa, radioaktiv chiqindilar Kanada va Meksikaga tushishi mumkin. Shvarsga ko‘ra, istalgan ifloslangan hudud 50 yil davomida yashash uchun yaroqsiz bo‘ladi. Yer ostiga yashiringan odamlar yuqoriga chiqishga uringanda radiatsiyaning halokatli dozasiga duchor bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi