Google Gmail saytining yangi versiyasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda kompaniya G Suite mijozlariga maktubida xabar qilgan, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Google yangi funksiyalar orasida maktubni, u oradan biroz vaqt o‘tib yana o‘qilmagan maktublar ro‘yxati boshida paydo bo‘lishi, shuningdek «Google Kalendar» bilan integratsiyasi uchun imkon yaratish borligini aytmoqda.
Bundan tashqari, Gmail veb-versiyasi internetga ulanmagan holda maktublar bilan ishlash va «aqlli» avtomatik javoblar funksiyasiga ega bo‘ladi.
Yaqin haftalar ichida Google foydalanuvchilarning bir qismi uchun Gmail yangi interfeysiga erta kirish imkonini taqdim etadi.
Google yangi dizayn qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ochiqlamadi. O‘quvchilardan biri TechCrunch nashriga maketga o‘xshash chizmalarni yubordi, u buni go‘yoki Google xodimida ko‘rib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi dizayn Gmail va Inbox ilovasi gibridiga o‘xshash. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin